Navoiyda pora evaziga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Navoiyda pora evaziga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

SH.Shokirov (ismi-familiyasi o‘zgartirilgan) Navoiy viloyati Navbahor tumani “Toza hudud” davlat unitar korxonasida qorovul vazifasida ishlab kelgan.

SH.Shokirov Navbahor tumanida yashovchi K.Abrorova bilan tanishib, uni ishga kirish niyatida yurganligini aniqlab, o‘zini tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan shaxs sifatida ko‘rsatib, 2019 yil oktyabr oyining boshlarida K.Abrorovani, Navbahor tumani Obodonlashtirish boshqarmasida ishlovchi mansabdor shaxslar orqali, 1.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘i evaziga, Obodonlashtirish boshqarmasida ishlovchi mansabdor shaxslarga pora berib, ishga kiritib qo‘yishga ishontirib, uni pora berishga undagan.

2019 yil 4 oktyabr kuni SH.Shokirov, K.Abrorovadan 1.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni, Navbahor tumani “Saroy” mahallasi markazida olgan vaqtida, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan, tezkor tadbir jarayonida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Sud sudlanuvchi SH.Shokirovni O‘zbekiston Respublikasi JKning
28,211-moddasi 1-qismi va 168-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topib, unga JKning 59-moddasi tartibida 3 yil 3 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlab, jazoni o‘tash davrida unga bir qancha ta’qiq va cheklovlarni yuklatdi. 

Avazjon Ibodov 

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Navbahor tuman sudining raisi

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!