Navoiy viloyatida talonchilik qilgan shaxs qo‘lga tushdi

Navoiy viloyatida talonchilik qilgan shaxs qo‘lga tushdi

2019 yil 2 fevral kuni noma’lum shaxs Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi SH.E.ning uyiga devor oshish yo‘li bilan kirib, xonasidan xorijiy valyutadagi pullari, zargarlik buyumi va mobil telefonini o‘g‘irlab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Karmana tumani Bog‘ishamol MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan O.R. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!