Navalniy komadan chiqdi

Navalniy komadan chiqdi

Berlindagi Charite klinikasi shifokorlari Aleksey Navalniyni sun’iy komadan olib chiqishdi. Bu haqda press-relizda aytilmoqda.

Klinika bergan ma’lumotlarga ko‘ra, uning sog‘lig‘i yaxshilangan va u atrofidagilarning murojaatlariga javob bera boshlagan.

«Bemor tibbiy komadan chiqarilib, nafas olish moslamasidan uzildi. U so‘zlarga munosabat bildirmoqda. Uning og‘ir zaharlanishining uzoq muddatli ta’sirini baholash uchun hali erta », – deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!