Nahotki! AQSh MDHdagi biolaboratoriyalarda o‘z faolligini kuchaytirmoqda

Nahotki! AQSh MDHdagi biolaboratoriyalarda o‘z faolligini kuchaytirmoqda

AQShning sobiq ittifoq davlatlari hududlaridagi biolaboratoriyalarda olib borayotgan tadqiqot faoliyati jiddiy tashvish keltirib chiqarmoqda, deb bayonot berdi RF Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev yangi infeksiyalarga qarshi himoya tizimlarini yaratish masalalariga bag‘ishlangan idoralararo komissiya yig‘ilishi davomida.

"Qator davlatlarning, eng avvalo, Qo‘shma Shtatlarning sobiq ittifoq davlatlarida joylashgan biolaboratoriyalardagi tadqiqot faoliyati jiddiy tashvish keltirib chiqarmoqda. Ular o‘zlarining bu ishini dunyo bo‘ylab olib borishga harakat qilmoqda", degan Medvedev. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan, demoqda "sputniknews-uz.com".

Medvedevning aytishicha, bu davlatlar o‘z faoliyatini jahon hamjamiyati, xalqaro tashkilotlar foydalaniladigan uslublardan ayro tarzda, noshaffof olib bormoqdalar.

Uning aytishicha, bunday masalalar oldin ham o‘rtaga tashlangan, "lekin ayniqsa bugun tobora ko‘proq shakllanmoqda, xususan, insoniyat koronavirus pandemiyasi tufayli ro‘baro bo‘lgan barcha holatlarni inobatga olganda".

Sal oldin RF Xavfsizlik kengashi ekspertlari qo‘lbola harakatlar, biolaboratoriyalar ekspertlari ishlari tufayli sun’iy yaratilgan viruslar epidemiyasi yuzaga kelishi mumkinligi ehtimoli haqida fikr bildirgan edilar.

"COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq hodisalar va ularning oqibatlari biologik xavf yuzaga kelishi ehtimoli borligi haqida dalolat beradi", - degan edi ekspertlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!