Musson yomg‘irlar sabab Bangladeshning to‘rtdan bir qismi suv ostida qoldi

Musson yomg‘irlar sabab Bangladeshning to‘rtdan bir qismi suv ostida qoldi

Bangladeshda kuchli suv toshqini natijasida millionlab odamlar boshpanasiz qoldi.

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, musson yomg‘irlari sabab mamlakat hududining chorak qismini suv bosgan.

Poytaxt Dakkadan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda daryo bo‘yida suv toshib, yaqin atrofdagi uylarni suv bosgan. Mintaqada ob’ektlar vayron bo‘lgan, odamlar vaqtincha uy-joy izlashlari kerak bo‘lmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yomg‘irli mavsum boshlanganidan beri tabiiy ofatlar 5 milliondan oshiq odamga ta’sir ko‘rsatgan, 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

“Toshqinlar mamlakatning barcha aholisiga ta’sir ko‘rsatdi. Qishlog‘imiz ham jabr ko‘rdi - 30 dan ortiq uy suv ostida qoldi. Vaziyat juda qiyin. Hukumat qurbonlarga yordam ko‘rsatishi kerak. Boradigan joyimiz yo‘q. Aholini vaqtincha turar joy bilan ta’minlash lozim”, deydi mahalliy hokimiyat vakili Muhammad Ashraf Ali.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!