Muhammad Mustasan AIBA prezidenti vazifasini bajaruvchi bo‘ldi

Muhammad Mustasan AIBA prezidenti vazifasini bajaruvchi bo‘ldi

Afrika boks konfederasiyasi (AFBC) rahbari Muhammad Mustasan Xalqaro boks assosiasiyasi (AIBA) prezidenti lavozimiga tayinlandi. Bu haqda TACS xabar berdi.

22 mart, juma kuni o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov AIBA prezidentligidan voz kechishini ma’lum qilgandi.

23 mart kuni esa AIBA Ijroqo‘mining telekonferensiya orqali navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazildi va unda Mustasan tashkilotga vaqtincha president vazifasini bajaruvchi etib saylandi.

Eslatib o‘tamiz, G‘ofur Rahimov 2018 yilning 3 noyabrida Moskvada bo‘lib o‘tgan AIBA kongressida tashkilotning to‘laqonli prezidenti etib saylangandi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!