Mudhish jinoyat: Farg‘onada Yangi yil kechasi fojiali tugadi

Mudhish jinoyat: Farg‘onada Yangi yil kechasi fojiali tugadi

Farg‘ona viloyati. 2022 yil 1 yanvar kuni soat 03:30 larda 20 yoshli K.K. o‘zining to‘rt nafar tanishlari bilan birga M.N.,ning boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinaga o‘tirib, M.N.,ning Marg‘ilon shahar Qo‘rg‘ontagi ko‘chasida joylashgan uyiga harakatlanib, ko‘cha boshida harakatsiz turgan “Gentra” va “Nexia-3” rusumli avtomashinalarni ko‘rib, ularning yonida turgan 23 yoshli M.A. va uning sheriklariga avtomashinalariga yo‘l berishlarini so‘rashgan vaqtida og‘zaki janjallashib qolishib, janjal davomida M.A. o‘zining yonida bo‘lgan pichoq bilan K.K.,ning ko‘krak sohasiga bir marta urib, sheriklari bilan avtomashinalariga o‘tirib, hodisa joyidan qochib ketishganligi aniqlangan.

Olgan tan jarohatlari natijasida K.K. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A. prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!