Morata «Atletiko»da qolishini e’lon qildi

Morata «Atletiko»da qolishini e’lon qildi

Alvaro Morata kelasi mavsumda ham «Atletiko»da qolishini ma’lum qildi.

«Bu klub libosida g‘olib bo‘lish qanday ekanini hali tasavvur qila olmayman. Bu yerda sovringa erishmagunimcha hali to‘xtamayman», - deya yozadi Morata klubda qolishi haqida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilib.

«Atletiko» klubi rasmiy sahifalari ham uning so‘zlarini bo‘lishdi.

Avvalroq, 31 yoshli ispaniyalik forvard Saudiya Arabistoni klublaridan tushgan taklifni rad etgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Morata Madrid klubi safida 2019-2020 yillar hamda 2022 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U hozirgacha jamoa bilan sovrin yutmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!