Mingbuloqda yangi poliklinika foydalanishga topshirildi

Mingbuloqda yangi poliklinika foydalanishga topshirildi
Namangan viloyati Mingbuloq tumani Qolg‘andaryo qishlog‘idagi 9-oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirildi. 
 
Endi qishloq aholisi tez tibbiy yordamni ko‘p kutishmaydi, qolaversa, klinik tahlillar topshirish, shifokorlardan malakali tibbiy yordam olish uchun tuman markaziy shifoxonasiga borishga hojat qolmadi. Salkam 600 million so‘m mablag‘ evaziga “Pardoz ta’mir servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan sobiq xo‘jalik idorasi o‘rnida ikki qavatli, muhtasham yangi oilaviy poliklinika faoliyatini boshladi.
 
Tibbiyot maskan ochilishi marosimida Namangan viloyati hokimi X.Bozorov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida odamlar turmush farovonligini oshirish, ayniqsa, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yuqori darajaga ko‘tarish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
 
Shifokorlarga odamlarni rozi qilishga erishish uchun burch va mas’uliyatni chuqur his etgan holda astoydil izlanish zarurligi aytildi.
 
Tadbir ishtirokchilari oilaviy poliklinikada yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.
 
– Hududdagi 5ta mahallada istiqomad qiluvchi 12 ming nafar aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatamiz, – deydi oilaviy poliklinika mudiri Anorxon Begmatova. – Yangi binoda yaratilgan sharoitlardan juda mamnunmiz.

Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!