«Meyvezer bilan jang qil yoki nafaqaga chiq!»

«Meyvezer bilan jang qil yoki nafaqaga chiq!»

Boksning faxriy promouteri Bob Arum Menni Pakyao agar Floyd Meyvezer bilan jang qilmasa,  tez orada sportdan ketishi kerak,  deb hisoblayapti.

Arum Pakyaoning oltin yillarida unga promouterlik qilgan. U World Boxing News veb-saytiga bergan intervyusida 40 yoshli Filipinlik bokschini tez orada faoliyatini yakunlashi kerakligini aytdi. Bunga sabab Pakyaoning yoshi va unda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan sog‘liqdagi muammolardir.

«U juda yaxshi inson,  haqiqatdan ham yaxshi yigit,  g‘oyat saxiy va yoqimli. Ammo u deyarli 41 yoshda.  Agar siz 41 yoshga kirsangiz, Surman bilan jangdagi kabi zarbalarga dosh berolmaysiz. Albatta, u bu jangda g‘alaba qozondi,  lekin u juda ko‘p zarba qabul qilib oldi. Bu uning qolgan hayotiga qanday ta’sir qiladi», deydi u. Iyul oyida WBA vazn toifasini qo‘lga kiritish uchun Keyt Surman bilan 12 raundli jangda g‘alaba qozongan Pakyao o‘zining navbatdagi jangini rejalashtirmagan.

Ma’lumot o‘rnida, nafaqaga chiqqan Mayvezer 2015 yildagi «Asr jangi»da Pakyaoni hakamlarning shubhali hisobi bilan mag‘lubiyatga uchratgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!