Messi yana «Oltin butsa»li bo‘ldi

Messi yana «Oltin butsa»li  bo‘ldi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi faoliyatidagi oltinchi «Oltin butsa»ni oldi.

O‘tgan mavsumda u 36 ta gol bilan Yevropaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan edi.

Messi «Oltin butsa»lari soni bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda. Uning eng yaqin ta’qibchisi Krishtianu Ronaldu 4 marta bu sovrinni qo‘lga kiritgan.

Argentinalik futbolchi 2009/2010, 2011/2012, 2012/2013, 2016/2017 va 2017/2018 mavsumlarida ham «Oltin butsa» sohibi bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!