Mashhur tennischini mehmonxona ichida to‘nab ketishdi

Mashhur tennischini mehmonxona ichida to‘nab ketishdi

Kanadalik tennischi Denis Shapovalov qimmatbaho Parij mehmonxonasida uni to‘nab ketishganini Tvitterda ma’lum qildi.

Shapovalov mehmonxona xizmatini dahshatli deb atadi va xodimlarning harakatsizligidan shikoyat qildi. "Ro‘yxatdan o‘tayotgan cho‘gimda sumkamni o‘g‘irlab ketishdi", deya yozadi tennischi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, soqchilar hatto o‘g‘rini to‘xtatishga ham harakat qilishmagan. Voqea tasvirlangan videoni olish uchun esa unga yarim kun kerak bo‘lgan. Shunga qaramasdan, kanadalik o‘g‘irlangan narsalarini qaytara olmadi.

Biroq bu bilan uning omadsizligi tugamadi. Mehmonxona unga o‘zi band qilgan xonani emas, balki boshqasini berdi.

"Umid qilamanki, hech kim bu kabi holatga tushmaydi, lekin endi bu mehmonxonaga boshqa qaytib kelmayman", deydi Shapovalov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!