Mario Gomes futbolchilik faoliyatini yakunladi

Mario Gomes futbolchilik faoliyatini yakunladi

Germaniyaning «Shtutgart» klubi hujumchisi Mario Gomes futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

«Mavsum boshida «Shtutgart»ning Bundesligaga chiqishiga ishonchim komil edi. Bu klub, Germaniya va futbolchi sifatidagi so‘nggi yilim bo‘lishiga qaror qildim», — deydi Gomes.

O‘z navbatida 34 yoshli futbolchiga «Bavariya» va «Shtutgart» klublari uning o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Qayd etish joiz, germaniyalik hujumchi «Bavariya»dagi faoliyati bilan mashhurlikka erishgan. Myunxen klubi safida u jami 113 ta gol urgan, uch bor Germaniya chempioni bo‘lgan, 2012-2013 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan.

«Shtutgart» safida esa Gomes 110 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi. Shuningdek, u «Fiorentina», «Beshiktosh» va «Volfsburg» jamoalarida ham to‘p surgan.

Germaniya terma jamoasida Mario Gomes 2010 yilgi Jahon Chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!