"Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublarining sobiq hujumchisi bosh murabbiyga aylandi

"Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublarining sobiq hujumchisi bosh murabbiyga aylandi

“Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublarining sobiq hujumchisi Karlos Teves “Rosario Sentral” klubining yangi bosh murabbiyiga aylandi, deb xabar beradi Argentina klubi rasmiy sayti. Mutaxassisning shartnomasi bir yilga tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, Teves futbolchilik faoliyatini o‘tgan yili yakunlagandi. Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisining so‘nggi klubi "Boka Xuniors" edi.

14 turdan so‘ng "Rosario Sentral" klubi Argentina chempionati turnir jadvalida 14 ochko bilan 24-o‘rinda bormoqda.

Futbolchilik faoliyati davomida Teves uch marta Angliya chempionligini, ikki marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan, shuningdek, 2008 yilda "Manchester Yunayted" bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!