Makron Sorbonna universitetida Yevropaning kelajagi haqida nutq so‘zladi

Makron Sorbonna universitetida Yevropaning kelajagi haqida nutq so‘zladi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Sorbonna universitetida Yevropaning kelajagi haqida nutq so‘zladi.

Makronning nutqidan asosiy iqtiboslar:

◾️Evropada birlik bor. Biz Rossiya uglevodorodlariga qaramlikdan qutuldik va agressiyaning birinchi kunidanoq Ukrainani birgalikda qo‘llab-quvvatladik. Yevropa umumiy kuchga aylandi;

◾️Ukraina va Moldova Yevropaning bir qismidir va ular, G‘arbiy Bolqon davlatlari kabi, vaqti kelganda, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishadi;

◾️Biz inqirozlarga tezda javob berdik, ammo bu yetarlimi? Bugungi Yevropamiz “halokat yoqasida”. Bizning qadriyatlarimiz xavf ostida. Bizga tahdid qiladigan xavflardan yetarlicha himoyalanmaganmiz, chunki biz juda sekin javob qaytaramiz;

◾️Bizga ishonchli himoya kerak. NATOning faoliyati muhim, ammo bizga Yevropa mudofaa tizimi zarur. Rossiyaning urushda g‘alaba qozonmasligi bu bizning xavfsizligimizning muhim shartidir. Ukrainaga yordam berishda hech qanday chegaralar bo‘lmasligi kerak;

◾️Bizning iqtisodiy modelimiz barqaror emas. Biz hamma narsaga ega bo‘lishni xohlaymiz, lekin bu haqiqatga mos kelmaydi. Xitoy va AQSh xalqaro savdo qoidalariga rioya qilishni to‘xtatdilar. Ularnikidan ko‘ra soddaroq savdo siyosatini olib borishga urinmasligimiz kerak;

◾️Evropani 2030 yilga borib beshta asosiy soha – sun’iy intellekt, kvant kompyuterlari, kosmonavtika, energetika va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha jahon yetakchisiga aylantiraylik;

◾️Bizning demokratiyamiz targ‘ibotlar yordamida tobora ko‘proq tanqid qilinmoqda. Agar biz vaqt va tarixning tezlashuviga javob bermasak, Yevropa “o‘lishi” mumkin. Yevropalik bo‘lish shunchaki Yevropada yashash emas, bu shaxsni hamma narsadan ustun qo‘yadigan g‘oyani himoya qilishni anglatadi. Bizni boshqalardan ajratib turadigan asosiy jihat insonparvarlikdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!