Makgregor Nurmagomedov bilan jangga qanday tayyorlanayotganini ko‘rsatdi

Makgregor Nurmagomedov bilan jangga qanday tayyorlanayotganini ko‘rsatdi

Irlandiyalik jangchi Konor Makgregor rossiyalik Habib Nurmagomedovga qarshi UFC chempionati kamari uchun jangga qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani tasvirlangan rolikni e’lon qildi.

Makgregor instagramdagi o‘z sahifasida mashg‘ulotlardan videoni e’lon qildi va jangga o‘zining tayyorgarligi dasturini qisman ko‘rsatdi. Videoda irlandiyalik parterda, qo‘lda va sparringlarda ishlayotgani tasvirlangan.

Nurmagomedov – Makgregor jangi 6 oktyabr kuni Las-Vegasda tashkil etiladi. Nurmagomedov uchun bu jang aprel oyida amerikalik El Yakvinta ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng qo‘lga kiritilgan chempionlik kamarini himoya qiladigan birinchi bellashuvga aylanadi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!