Londonda 250 million dollarlik kriptovalyuta musodara qilindi

Londonda 250 million dollarlik kriptovalyuta musodara qilindi

London polisiyasi rekord darajadagi kriptovalyutasini(180 million funt sterling yoki taxminan 250 million dollar) musodara qildi, - deb xabar qilmoqda BBC.

Londonda jinoyatchilar tomonidan bu mablag‘ qonuniylashtirilgan.

Shunday qilib, 24 iyundagi rekord yangilandi. O‘sha paytda 114 million funt kriptovalyutasi (Taxminan 160 million dollar) musodara qilingan.

Yangi musodara bilan bog‘liq holda, polisiya 24 iyun kuni hibsga olingan ayolni pulni yuvishda gumon qilib yana so‘roq qildi va garov evaziga qo‘yib yubordi.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!