Lola Karimova yurak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bolaning hayotga qaytishga sababchi bo‘ldi (video)

Lola Karimova yurak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bolaning hayotga qaytishga sababchi bo‘ldi (video)

2012 yilning 1 sentyabr kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan Behruz Jo‘ramurodov dunyoga kelganida sog‘lom bo‘lgan. Oradan biroz vaqt o‘tgach, shifokorlar unda yurak yetishmovchiligi (“serdechniy porok”) xastaligini aniqlab, afsuski, bu kasallikni O‘zbekistonda davolash imkoniyati yo‘qligini aytadilar.
 
Oradan yillar o‘tadi. Behruzning onasi 2016 yilning sentyabr oyida “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasiga murojaat qiladi. Jamg‘armadagilar Behruzni ro‘yxatga oladi. 2017 yilning yanvar oyida Fransiyadan kelgan tajribali mutaxasislar ko‘rigida bo‘lgan Behruz, naq 10 soat davomida operasiya qilinadi.
 
Yaratganning inoyati, jamg‘armaning ko‘magi va shifokorlarning davo choralari sabab Behruz bugun sog‘lom hayot kechirmoqda.

 

“Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi a’zolari Behruzning uyiga tashrif buyurib, uning holidan xabar olib turibdi. Ushbu videoda bolakayning onasi Nilufar Isroilova O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Lola Karimova-Tillyayevaga farzandining salomatligini tiklashda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildiradi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!