Krishtianu Ronaldu «Yuventus»da qoladi

Krishtianu Ronaldu «Yuventus»da qoladi

Turli mish-mishlarga qaramay, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubda qoladi, deya yozmoqda Tuttosport.

Manbaning xabar berishicha, 35 yoshli portugaliyalik futbolchi kelajagini Turinda ko‘rmoqda va yaqin orada muhitni o‘zgartirmoqchi emas. Klub pandemiya sharoitida ham futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas. Krishtianu gollar va g‘alabalar orqali rekordlarni yangilashda, mavsum yakuniga ko‘ra esa «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritishni rejalashtirgan. 

Avvalroq, futbolchining yozgi transfer oynasida Italiyani tark etmoqchi bo‘layotgani, unga «Chelsi» klubi qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ushbu mavsumda 35 yoshli Ronaldu qora va oq futbolkada 29 ta o‘yinda 25 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu 2018 yilda «Real»dan 117 million yevro evaziga «Yuventus» safiga kelib qo‘shilgan edi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha imzolangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!