Kosonsoy tumanida avtomobillar to‘qnashuvi yo‘lovchining o‘limiga sabab bo‘ldi

Kosonsoy tumanida avtomobillar to‘qnashuvi yo‘lovchining o‘limiga sabab bo‘ldi

2021 yil 25 iyul kuni soat 06:30 larda, Kosonsoy-Iskovat yo‘lining 4-km.da, Kosonsoy tumani "Jar" MFY hududida, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro "Damas" rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1973 y.t. fuqaroni boshqaruvidagi "VAZ-2106" rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1969 y.t. fuqaroni boshqaruvidagi "VAZ-2106" rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Natijada, "VAZ-2106" rusumli avtomashina haydovchisi o‘ng tomon qovurg‘a suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan hamda shu avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Kosonsoy tumanida yashagan, 1971 y.t. fuqaro olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2021 yil 25 iyul kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!