Koronavirus tufayli 60 mingdan ortiq yaponiyalik ishsiz qoldi

Koronavirus tufayli 60 mingdan ortiq yaponiyalik ishsiz qoldi

Yaponiyada koronavirus pandemiyasi fonida 60 mingdan ortiq odam ishidan ayrildi.

Bu haqda NHK teleradiokompaniyasi mamlakat Sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligiga asoslanib xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyidan beri doimiy daromadlarini yo‘qotgan mahalliy fuqarolar soni 60 mingdan oshgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu tendensiya yaqin kelajakda ham davom etadi.

Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi zarar ko‘rgan aholini qo‘llab-quvvatlashning mumkin bo‘lgan usullarini ko‘rib chiqmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!