Konstitusiyaning audio kitobi yaratildi

Konstitusiyaning audio kitobi yaratildi

Imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizning huquqiy savodxonlik va madaniyatini yuksaltirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda zamonaviy axborot texnologiyalarining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda yaratilgan qulay va interaktiv yuridik adabiyotlarga talab yuqori.

Bu borada «Adolat» sosial-demokratik partiyasi tomonidan Bosh qomusimizning audio kitob shakldagi varianti yaratildi. Bu haqda partiya matbuot xizmati O‘zAga ma’lum qildi.

Konstitusiyamizning audio kitobi aholining barcha qatlami uchun uning normalari mazmun-mohiyatini qulay, oson tarzda tushunish, eslab qolish imkoniyatini yaratadi.

Partiya Siyosiy Kengashi raisi Robaxon Mahmudovaning tashabbusi asosida yaratilgan mazkur audio kitobda bir qator soha mutaxassislari va partiya faollarining taklif va tavsiyalari ham o‘z aksini topgan.

Muharrir Islom Hamroyev, rejissyor Hojiakbar Rasulov hamda sohir ovoz sohibi Navfal Boltayevlardan iborat ijodiy jamoa hamkorligida tayyorlangan audio kitob imkoniyati cheklangan fuqarolarning huquqiy bilimlarini yuksaltirishga, qolaversa, yoshlarimizning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish, ish, o‘qish va kundalik hayotda Konstitusiyamizning muhim normalarini samarali o‘rganishlariga xizmat qiladi.

Partiya tomonidan mazkur audio kitobni keng ommaga yetkazish maqsadida qator davlat va nodavlat tashkilotlar, ta’lim muassasalari, imkoniyati cheklanganlar bilan ishlash jamiyatlari va Milliy kutubxona tizimidagi axborot resurs markazlari bilan hamkorlikda taqdimot tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!