Keniyada yana namoyishlar boshlandi, polisiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi

Keniyada yana namoyishlar boshlandi, polisiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi

Keniya poytaxti Nayrobida hamda yirik shaharlar - Miolongo, Maiyaki Vey, Migori, Kisumu, Nakuruda soliqlarni oshirish qonun loyihasiga qarshi namoyishlar yana boshlandi.

Bu haqda mahalliy «Fuqaro» telekanali ma’lum qildi, deb xabar berdi «Report» .

Xabar qilinishicha, polisiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlata boshlagan.

Namoyishchilar avvalroq bahsli moliyaviy qonun loyihasini chaqirib olish jarayonini rasman boshlagan Keniya prezidenti Uilyam Rutoning iste’fosini talab qilmoqda.

Mamlakat armiyasi Kisumu shahridagi norozilik namoyishi o‘tkaziladigan joyga zirhli mashinada bordi.

Eslatib o‘tamiz, Keniyada hukumatga qarshi namoyishlarda kamida 39 kishi halok bo‘lgan, 361 kishi jarohatlangan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!