Kanadada og‘ir ob-havo sharoitlari uchun elektromobil yaratish ustida ish boshlandi

A A A
Kanadada og‘ir ob-havo sharoitlari uchun elektromobil yaratish ustida ish boshlandi

Kanadaning AK Motor International Corporation firmasi yangi mahalliy brendini ishga tushirishini e’lon qildi. Maple Majestic markasi ostida elektromobillar va gibridlar ishlab chiqariladi. Uzoq yillik istiqbolda brendni Kanadadagi yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaga aylantirish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Motor.

Kanadada og‘ir ob-havo sharoitlari uchun elektromobil yaratish ustida ish boshlandi

Foto: AK Motor

Maple Majestic elektromobili 2019 yili AK Motor tomonidan e’lon qilingan CANU (Canadian Automotive New Utilities) loyihasining bir qismi hisoblanadi. Yangi nomlanish Kanadaning o‘ziga xosligini aniqroq ifoda etadi: Maple — zarang bargi, mamlakatning asosiy ramzi, Majestic («shohona») esa — boshqaruv shakli, parlament monarxiyasini yodga solib turadi. AK Motor asoschisi polshalik Arkadiush Kaminski hisoblanadi. U Kanadaga 1982 yilda ko‘chib kelgan. O‘z vatanida Kaminski u qadar qimmat bo‘lmagan FSO Syrena avtomobillarini qayta taqdim etishga urinmoqda.

Kanadada og‘ir ob-havo sharoitlari uchun elektromobil yaratish ustida ish boshlandi

Foto: AK Motor

Maket suratlariga ko‘ra, Kaminski Maple Majestic uchun eski ixtirolardan yangicha usulda foydalanayotganga o‘xshaydi. Endilikda uning maqsadi — murakkab ob-havo sharoitida ham foydalanish mumkin bo‘lgan elektromobilni yaratish. Bunda egilgan oynalarga ega suyri kuzov muhim rol o‘ynashi kerak, u shamol qarshiligiga yaxshi bardosh beradi.

Elektrokarning osti va yer yuzasi orasidagi masofa 140-290 millimetrli diapazon oralig‘ida bo‘ladi. Uzaytirilgan g‘ildirak bazasi (xuddi Mercedes-Benz S-Class’niki kabi 3100 millimetr) pol qismiga katta sig‘imdagi batareyani joylashtirish imkonini beradi. Shinalari va ular orasidagi masofa orqa hamda old tomondan bir xil — bu qorda bemalol harakatlanish uchun zarur. O‘rnatiladigan dvigatel haqida ma’lumot berilmagan, bundan tashqari, kompaniya boshqa ishlab chiqaruvchilarning ehtiyot qismlaridan foydalanishni reja qilgan.

Kanadada og‘ir ob-havo sharoitlari uchun elektromobil yaratish ustida ish boshlandi

Foto: AK Motor

Maple Majestic’ning bozorga chiqish muddati aniq emas, biroq uning narxi, taxminan, 150 ming dollarni tashkil etadi. Shuningdek, ayni vaqtda Kanada avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish assosiasiyasi (APMA) o‘zining Arrow loyihasini rivojlantirmoqda. Ontariodagi Karlton universiteti qoshidagi Sanoat dizayni maktabi tadqiqot guruhi tomonidan o‘ylab topilgan elektrokrossover prototipi 2022 yilda taqdim etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!