Kanadada dunyodagi eng tezkor kamera ishlab chiqildi

Kanadada dunyodagi eng tezkor kamera ishlab chiqildi

Kanadalik olimlar dunyodagi eng tezkor kamerani sinovdan o‘tkazdi. U soniyasiga 156 trillion kadr olish imkoniyatiga ega.

Qurilma yangi optik texnologiyaga asoslangan bo‘lib, bitta o‘ta tezkor lazer impulsi yordamida yuzdan ortiq kadrlarni olish imkoniyatiga ega. Kamera olimlarga femtosekundlarda – soniyaning kvadrilliondan birida sodir bo‘ladigan hodisalarni yozib olish imkonini beradi. Texnologiya kompyuter xotirasining yangi texnologiyalarini yaratishdan tortib, ultratovush bilan davolash usullarigacha bo‘lgan turli sohalarda qo‘llanilishi mumkin.

Kvebekdagi Milliy ilmiy tadqiqot instituti vakillari yangi universal vizualizasiya tizimi ilgari erishib bo‘lmaydigan ko‘plab hodisalarni ko‘rishga yordam berishini ta’kidlashdi, deb xabar beradi mir24.tv.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!