Kanadada AQSh so‘rovi bilan Huawei moliyaviy direktori ushlandi

Kanadada AQSh so‘rovi bilan Huawei moliyaviy direktori ushlandi

Kanada hukumati AQSh so‘rovi bilan Xitoyning Huawei Technologies kompaniyasi moliyaviy direktori Men Vanchjouni ushladi. AQSh uni Eronga qarshi sanksiyalarni buzishda gumon qilib ekstradisiya qilinishini so‘ramoqda.

“Vanchjou Men Vankuverda 1 dekabrda ushlangan. Uning topshirilishini AQSh so‘ramoqda va garov puli bo‘yicha sud jarayoni 7 dekabrga belgilangan”, deb aytgan Kanada adliya vazirligi vakili Ayan Mak-Leod.

Xitoyning Kanadadagi elchixonasi ayolning ushlanishini inson huquqlarining qo‘pol buzilishi deb atadi va uning ozod qilinishini talab qildi. 

Huawei kompaniyasi Men Vanchjouning qonunga zid biror-bir harakatlar sodir etganidan bexabarligini ma’lum qilgan.

“Kompaniya qo‘yilayotgan ayblovlar bo‘yicha juda cheklangan ma’lumotlarga ega, bizga Men Vanchjou qonunga zid biror harakatlar sodir etgani noma’lum”, deb aytilgan bayonotda.

Kompaniya Kanada va AQSh huquq tizimi adolatli qaror chiqarishiga umid qilishini aytgan.

“Huawei BMT, AQSh va Yevropa Ittifoqining eksport nazorati va sanksiyalariga taalluqli qonun va me’yorlari, qonun va normativ hujjatlariga to‘liq amal qiladi”, deb ta’kidlab o‘tilgan kompaniyada.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!