Kanada rohinjalar qaytarilishiga qarshi

Kanada rohinjalar qaytarilishiga qarshi

Kanada rohinjalarni Bangladeshdan vatanlariga qaytarilishiga qarshiligini aytib, bundan g‘oyatda tashvishda ekanini aytgan.

Bu Kanada tashqi ishlar vaziri Kristian Friland va xalqaro rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchi Mari Klod Bebo mushtarak bayonotida aytildi.

Ular bayonotda joriy oyda rohinjalarni Myanmaga qaytarilishlaridan bag‘oyat tashvishda ekanlarini bildirganlar.

Kanadaning ikki mas’uli: “BMT va xalqaro tashkilotlarning ma’lumotlarida Myanmaga qaytish uchun kerakli sharoitlar mavjud emasligi aniq aytilgan. Inqiroz haliyam davom etmoqda. Hali hamon Arakandagi zo‘ravonliklardan qochib ketayotganlarning keti uzilmagan. Insonlar Myanmadan qochib ketarkan, qochqinlarni zo‘ravonlik va inson huquqlari buzilishi davom etadigan muhitga qaytarish kerak emas”, degan.

Myanma 15 noyabrdan boshlab rohinjalarni ortga qaytarish boshlanishi haqida xabar bergan edi.

Inson huquqlarini himoya qiladigan tashkilotlarning xabar berishicha, Myanma rohinja musulmonlarining orqaga qaytishlari uchun tayyor emas.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 25 avgustidan buyon Myanma hukumati va buddaviy ekstremistlar Arakon viloyatidagi rohinjalarga nisbatan genosid uyushtirib keladi. Natijada 826 mingga yaqin kishi qo‘shni Bangladesh hududiga ko‘chib o‘tgan. Ularning 60 foizini bolalar tashkil etadi. Bu zo‘ravonliklarda 9 mingtacha rohinja o‘ldirilgan. Siyosiy tahlilchilar bu holatga musulmonlarni himoya qiladigan musulmon davlatning yo‘qligini sabab qilib keltiradilar.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!