JSST: "Koronavirus oqibatida o‘lim xavfi oshganligini isbotlovchi dalil mavjud emas"

JSST: "Koronavirus oqibatida o‘lim xavfi oshganligini isbotlovchi dalil mavjud emas"

COVID-19 virusi barqaror holatda saqlanib turibdi. Hozircha uning xavfli mutasiyaga uchraganligi to‘g‘risida hech qanday dalil mavjud emas. Shuningdek, koronavirus oqibatida o‘lim xavfi oshganligini isbotlovchi dalil ham yo‘q.

Bu haqda JSST mutaxassislari ma’lum qildi.

“Uni test orqali tashxislashda unga qarshi vaksina va dori-vositalari yaratishda bizning imkoniyatlarimizni o‘zgartiradigan virusning har qanday mutasiyasi juda muhim. Biroq virus barqaror. Odatiy mutasiyalar, shunga yarasha tashxislash, davolash va ishlab chiqarish mavjud”, deb ma’lum qildi JSSTning favqulodda kasalliklar bo‘limi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove.

Mutaxassis pandemiya boshlanganidan buyon JSSTda yangi turdagi koronavirusning mutasiyaga uchrash jarayonini kuzatib borayotgan maxsus guruh faoliyat olib borayotganini qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan ham hozircha COVID-19 da xavfli mutasiyalar kuzatilmaganini qo‘shimcha qildi.

“Biz virus o‘zgarishlarini kuzatish ustida doimiy faoliyat olib bormoqdamiz. Virus yuqishi osonlashgani yoki uning oqibatida o‘lim xavfi oshgani to‘g‘risida hech qanday ma’lumot qayd etilmadi”, deya ta’kidladi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!