Jizzaxda O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi

Jizzaxda O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi

“Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (1027-son, 23.12.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida zamonaviy agrologistika kompleksini barpo etish maqsadida MCHJ shaklidagi “BMB-NRC Agrologistics” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

✅ 2023 yil 1 yanvarga qadar:

? O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va agrologistika kompleksi tomonidan olib kelinadigan (tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha) xomashyo, uskuna, maxsus transport vositalari va texnika uchun bojxona to‘lovlari (QQS va bojxona yig‘imidan tashqari) to‘lashdan;

? agrologistika kompleksiga chet eldan jalb qilinadigan mutaxassislar  - jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan ozod etildi.

Qaror bilan, shuningdek, “Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!