JCH—2018. Kolumbiya Polshani yirik hisobda mag‘lub etib, muddatidan avval uyiga ravona qildi (video)

JCH—2018. Kolumbiya Polshani yirik hisobda mag‘lub etib, muddatidan avval uyiga ravona qildi (video)

2-turning so‘nggi bahsi «H» guruhining 1-turda mag‘lub bo‘lgan ikki jamoasi — Polsha hamda Kolumbiya o‘rtasida kechdi.

O‘yinda hisob 40-daqiqada kolumbiyaliklar himoyachisi Yerri Mina tomonidan ochildi. Mina Xames Rodrigesning uzatmasini Polsha darvozasiga boshi bilan joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limning 70-daqiqasida Kolumbiya termasi sardori Radamel Falkao Xuan Kinteroning uzatmasini golga aylantirdi. Oradan besh daqiqa o‘tib yana o‘sha Xames Rodrigesning pasidan keyin Xuan Kuadrado ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi.

Shu tariqa Kolumbiya o‘z hisobiga 3 ochkoni yozib qo‘ydi va guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. Polsha esa mundial bilan muddatidan avval xayrlashdi. Sababi polyaklar hisobi hozirda ochko mavjud emas. Senegal va Yaponiya hisobida esa 4 ochko bor. Shunday ekan, guruhdan chiqish uchun endilikda 3 ta jamoa kurash olib boradi.

Foto: FIFA

«H» guruhi 3-tur uchrashuvlari 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Yaponiya Polsha bilan, Kolumbiya esa Senegal bilan kurash olib boradi.

Jahon Chempionati

«H» guruhi, 2-tur bellashuvi

24 iyun, yakshanba

Polsha—Kolumbiya 0:3

Gollar: 0:1 – 40 Mina, 0:2 – 70 Falkao, 0:3 – 75 Kuadrado.

Polsha: Shesni, Pishchek, Bednarek, Pazdan (Glik, 80), Ribus, Guralski, Krixovyak, Zelinski, Bereshinski (Teodorchik, 72), Kovnaski (Grosiski, 57), Levandovski.

Kolumbiya: Ospina, Mina, Moxika, Aryas, Sanches, Agilyar (Uribe, 32), Barrios, Kintero (Lerma, 73), Kuadrado, Xames, Falkao (Bakka, 78).

Ogohlantirishlar: Bednarek (61), Guralski (85).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!