Iyulda bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Iyulda bizni qanday ob-havo kutmoqda?

O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, iyul oyi qulay sharoitlardan boshlanadi, 1-3 iyul kunlari havo harorati 31-36 daraja atrofida, janubda 38-40 darajagacha bo‘ladi.

So‘ngra iyul oyi harorat tartibi bo‘yicha me’yorga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Oyning katta qismida havo harorati 35-40 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 41-43 darajagacha bo‘ladi. Faqat ayrim kunlarda harorat bu qiymatlardan 2-3 darajaga yuqori bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududida iyul oyi uchun eng yuqori harorat Qizilqum cho‘lida 1983 yilda qayd etilgan — 50 daraja. Poytaxtda esa 1997 yilda qayd etilgan 44,6 daraja rekord havo harorati sifatida saqlanib turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!