Tadbirkor murojaati hal etildi

Tadbirkor murojaati hal etildi

“Alisher” xususiy korxonasi hamda Sirdaryo tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi o‘rtasida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan umumiy miqdori 209 million 72 ming 129 so‘mlik pudrat shartnomasi imzolangan.

Unga ko‘ra, Sirdaryo tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoit yaratish va bajarilgan ishlar uchun to‘lovni amalga oshirish majburiyatini olgan.

Ammo “Alisher” xususiy korxonasi tomonidan ishlar to‘liq bajarilgach, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilgan. Ya’ni xususiy korxona hisobiga 100 million so‘m mablag‘ o‘tkazib berilgan va natijada 109 million 75 ming 129 so‘m qarzdorlik yuzaga kelgan.

Sayxunobod tuman adliya bo‘limi tomonidan “Alisher” xususiy korxonasi rahbarining, ushbu qarzdorlikni undirish yuzasidan kelib tushgan murojaati o‘rganildi. O‘rganish davomida mazkur qarzdorlik taraflar o‘rtasida imzolangan solishtirma dalolatnomada o‘z tasdig‘ini topdi.

Xususiy korxona tomonidan javobgarga qarzdorlikni to‘lab berish yuzasidan yuborilgan talabnomalar ham e’tiborsiz qoldirilgan.

Mazkur ish ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, unitar korxona hisobidan “Alisher” xususiy korxonasiga 109 million 75 ming 129 so‘m miqdorida asosiy qarz, 11 million so‘m miqdorida penya undirilishi belgilandi. Shuningdek, unitar korxona respublika byudjetiga 3 million 272 ming 253 so‘m miqdorida davlat boji ham to‘laydigan bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!