Isroil tomoni qilgan hujum natijasida 4 falastinlik jarohatlandi

Isroil tomoni qilgan hujum natijasida 4 falastinlik jarohatlandi

Kecha chorshanba tunda Isroil qo‘shini G‘azoga uyushtirgan hujumda 4 nafar falastinlik yengil darajada jarohatlandi. Buni Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi bergan bayonotida aytdi.

Bayonotga ko‘ra, yaralanganlarning 3 nafari Shifo tibbiy majmuasiga, bittasi esa Aqso shahidlari shifoxonasiga yetkazilgan.

Bayonotda boshqa tafsilotlarga kirishilmagan.

Chorshanba tunda Isroil harbiy samolyotlari Hamasning bir necha harbiy bazalariga hujum uyushtirdi.

Isroil qo‘shini ham o‘z navbatida Hamasning 12 ob’ektiga hujum qilganini, ular orasida tunnellar uchun maxsus qismlar ishlab chiqaradigan zavod ham borligi haqida bayonot bergan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!