Internetda “Bosh prokuror qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turibdi” mazmunidagi video tarqaldi

Internetda “Bosh prokuror qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turibdi” mazmunidagi video tarqaldi

Internetda “Bosh prokuror qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turibdi” mazmunidagi video tarqaldi.

Unga ko‘ra, Nig‘matilla Yo‘ldoshev go‘yo Sherali va Abduvali Abdullayevlar bilan gaplashib turgan emish.

Rasmiy munosabatga ko‘ra, videodagi holat Turkiyada suratga olingan. Bosh prokuror esa u yerga o‘z hisobidan mehnat ta’tili davrida salomatligini tiklash uchun borgan bo‘lgan.

Nig‘matilla Yo‘ldoshevga unga avvaldan tanishi bo‘lgan Azim Jo‘raboyev (videoda qora rangli kurtkada turibdi) hamrohlik qilgan.

Bosh prokuror hamrohi bilan klinikada gaplashib turgan vaqtida, ularning oldiga Sherali Sobirjanov ismli shaxs kelib, o‘zini tanishtiradi.

Shu vaqtda ular klinikaga kelishi sabablari haqida suhbatlashadi. Sherali Sobirjanov klinikaga o‘zining farzandini davolanishga olib kelganligini aytadi.

Bosh prokurorni tanib qolgani uchun ular bilan hamsuhbat bo‘lishga yonlariga kelganini tushuntiradi.

Shunday qilib, videoda Bosh prokuror yonida turgan ikki shaxsning biri Sherali Sobirjanov bo‘lsa, ikkinchisi Azim Jo‘raboyevdir.

Qidiruvda bo‘lgan Abdullayevlar bu yerda aks etmagan – batafsil.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!