"Instagram" shaxsiy xabarlardagi haqoratlar uchun umrbod blok joriy qiladi

"Instagram" shaxsiy xabarlardagi haqoratlar uchun umrbod blok joriy qiladi

Instagram ijtimoiy tarmog‘i shaxsiy xabarlari nafrat qo‘zg‘atishi aniqlangan foydalanuvchilarni umrbod bloklaydi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq blogida xabar berilmoqda.

«Shuningdek, biz xabar almashishdagi cheklovlarga amal qilmagan va faqatgina haqoratli xabarlarni yuborish uchun yaratilgan akkauntlarni o‘chirib tashlaymiz», deyiladi xabarda.

Ushbu yangilik Buyuk Britaniyadagi vaziyat bilan bog‘liq. O‘yinda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng futbolchilar Instagram tarmog‘ida irqchilik haqoratiga duchor bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Instagram ijtimoiy tarmog‘i koronavirus haqidagi yolg‘on bayonotlari tufayli AQSh prezidenti Jon Kennedining jiyani Robert Kennedining akkauntini o‘chirib tashlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!