Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Gruziyani internet bilan ta’minlaydi

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Gruziyani internet bilan ta’minlaydi

Milliy aloqa komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Starlink sun’iy yo‘ldosh tizimidan foydalangan holda Gruziyani internet bilan ta’minlaydi.

Gruziya aloqa komissiyasi a’zosi Yekaterina Imadadze va SpaceX vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mamlakatda Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirish masalasi, shuningdek, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

📌Imadadzening so‘zlariga ko‘ra, hozirgi bosqichda kompaniya Starlink operasiyalarini tijorat yo‘lga qo‘yish ustida ishlamoqda, shundan so‘ng mamlakatda sun’iy yo‘ldosh Internet ham mavjud bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!