Ikkinchi jahon urushini SSSR boshlaganmi?

Ikkinchi jahon urushini SSSR boshlaganmi?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Sovet Ittifoqini Ikkinchi jahon urushini boshlashda aybladi. U bu haqda Varshavada Polsha prezidenti Andjey Duda bilan uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan brifingda ta’kidlagan.

“Polsha va Polsha xalqi birinchilar qatorida totalitar rejimlarning o‘zaro to‘qnashuvini his qilishdi. Bu Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga olib keldi va fashistlarga xolokostning o‘lim mashinasini ishga tushirishiga imkon berdi”, - dedi Zelenskiy. Newsone telekanali brifingni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda “Evropa va dunyo 1939 yildagi kabi jim turishga haqqi yo‘q”.

Bundan tashqari, Zelenskiy Osvensim (Aushvis) o‘lim lagerini Sovet qo‘shinlari tomonidan ozod qilinishi haqida gapirganda, u SSSRni esga olmadi. Ammo bu ishda qatnashgan ukrainaliklar jasorati haqida so‘zladi.

So‘nggi paytlarda ba’zi Yevropa davlatlari rasmiylari Ikkinchi jahon urushi tarixini buzib ko‘rsatishga urinmoqdalar. Xususan, Polsha parlamenti Sovet Ittifoqi fashistik Germaniya bilan bir qatorda urushni boshlaganini ma’lum qildi. Varshava hatto Moskvadan yetkazilgan zarar uchun tovon to‘lashni talab qildi. O‘z navbatida Rossiya Polshani ozod qilishda 600 ming sovet askari halok bo‘lganini eslatdi.

Polsha ham Varshavani fashistlardan ozod qilinganining 75 yilligini nishonlashdan bosh tortdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, bu Rossiyaning xalqaro maydondagi mavqeini pasaytirish uchun qilinmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!