Gongkong talabalari darslarni boykot qilishlarini e’lon qildi

Gongkong talabalari darslarni boykot qilishlarini e’lon qildi

22 avgust kuni Gonkong talabalari yaqinlashayotgan yangi o‘quv yilining boshida ikki haftalik ma’ruzalarni boykot qilishlarini e’lon qildi. 

Deyarli har kuni ko‘chalarga chiqadigan ko‘plab namoyishchilarning katta qismini talabalar tashkil etadi va dunyo moliya markazi uch oylik tartibsizliklar tufayli larzaga kelmoqda, deya xabar beradi AFP.

Shaharning eng yirik universitetlari vakillarining gaplariga ko‘ra, talabalar yangi semester boshlanishida 2 sentyabr va 13 sentyabr kunlari orasidagi ma’ruzalarga bormaydi.

Gongkong universiteti Talabalar Ittifoqi prezidenti vazifasini bajaruvchi Devin Vong shunday deydi: "Hukumat talablarimizda qanday javob berish xususida fikr yuritishi uchun ikki hafta yetarli bo‘lsa kerak. Vaziyat yanada keskinlashib borayotganligi sababli, ijtimoiy vaziyat ko‘proq talabalarni boykot harakatiga qo‘shilishiga olib keladi”.



Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!