Germaniya ham maymun chechagi kasalligiga qarshi karantin e’lon qildi

Germaniya ham maymun chechagi kasalligiga qarshi karantin e’lon qildi

Germaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Karl Lauterbax maymun chechagi bilan kasallanganlar uchun 21 kunlik karantin e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Bugun biz federal shtatlar rasmiylari bilan birgalikda Robert Kox institutining tavsiyalarini amalga oshirdik, ushbu tavsiyalarning asosiylaridan biri kasallanganlar kamida 21 kun izolyasiya qilinishidir”, degan Lauterbax.

Shuningdek, uning fikriga ko‘ra, izolyasiya maymun chechagi kasalligiga chalingan shaxs bilan aloqada bo‘lgan odamlar uchun “qat’iy tavsiya etiladi”.

Eslatib o‘tamiz, Belgiya dunyoda birinchi bo‘lib maymun chechagi bilan kasallanganlar uchun 21 kunlik majburiy karantin joriy qildi. Belgiyada qayd etilgan barcha holatlar Antverpen shahridagi festival bilan bog‘liq.

Maymun chechagi virusi joriy yilning aprel va may oylarida G‘arbiy Yevropaning bir qancha mamlakatlarida, shuningdek, boshqa qit’alarda tarqaldi. So‘nggi kunlarda u Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Portugaliya, Fransiya, Shveysariya va Shvesiyada, shuningdek, AQSH, Kanada va Avstraliyada aniqlangan.

Maymun chechagi haqida nima ma’lum?

Maymun chechagining dastlabki belgilariga isitma, bosh og‘rig‘i va mushak og‘rig‘i, shishgan limfa tugunlari, titroq va ozg‘inlik kiradi. Kasal bo‘lganlarda ko‘pincha yuzda boshlanib, keyin tananing boshqa qismlariga, jumladan qo‘llar, oyoqlar va jinsiy a’zolarga tarqaladigan toshma paydo bo‘lishi mumkin. Maymun chechagi hayvonlarning chaqishi, ifloslangan buyumlar yoki kasal odam bilan yaqin aloqa qilish orqali yuqishi mumkin.

Virusga qarshi dorilar yo‘q.

Infeksiyalangan odamlarning aksariyati bir necha hafta ichida tuzalib ketadi. Biroq, birinchi marta 1970 yilda kashf etilgan maymun chechagining eng halokatli shtammlari kasal bo‘lganlarning 10 foizini o‘ldirishi mumkin.

So‘nggi kunlarda AQShda ham maymun chechagi bilan kasallanish holatlari aniqlangan. Shu munosabat bilan AQSh hukumati chechakka qarshi 13 million vaksina sotib olishga buyruq bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!