Fojia! Namanganda 8-sinf o‘quvchisi amakisi tomonidan zo‘rlandi

Fojia! Namanganda 8-sinf o‘quvchisi amakisi tomonidan zo‘rlandi

Namangan viloyati Chortoq tumanidagi o‘rta maktab direktori shu yil 12 may kuni mazkur maktabning sakkizinchi sinf o‘quvchisi zo‘rlangani haqida ma’lumot berdi. Namangan huquqni muhofaza qilish organlarida ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb yozadi centralasian.org .

O‘zbekiston bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa Namangan viloyatining Uychi tumanida sodir bo‘lgan.

Ism-sharifi oshkor etilishini istamagan maktab direktorining aytishicha, o‘smir zo‘rlashdan oldin shafqatsiz kaltaklangan.

Hozir bola kasalxonada. Men u bilan uchrashdim, butun yuzi va tanasida jarohat bor. O‘ylaymanki, ertaga (14 may) u shifoxonadan chiqariladi. Huquqni muhofaza qilish organlari allaqachon tergovni boshladilar. Jinoyatchi allaqachon qo‘lga olingan, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U ilgari ham nomusga tegish aybi bilan qamalgan. Maktab psixologi allaqachon bola bilan suhbatlashdi, deydi maktab direktori.

Namangan huquqni muhofaza qilish organlarida ish olib borayotgan suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda 15 yoshli o‘smirni zo‘rlaganlik holatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Agar jabrlanuvchi hali 18 yoshga to‘lmagani va ayblanuvchi oldin ham shunga o‘xshash jinoyatni sodir etganini va bu jinoyat ekanligini bilganini hisobga olsak, ayblanuvchi maksimal jazo oladi, dedi huquqni muhofaza qilish organlari xodimi.

Chortoq tumanidagi suhbatdoshga ko‘ra, bolaning qarindoshi deya aytilayotgan jinoyatchi 15 yoshli o‘smirni aldab, unga ish berishga va’da berdi.

Dastlab u g‘isht qo‘yish kerakligini aytib, buning uchun pul to‘lashini aytgan. O‘smirni tuzoqqa tushirganida esa uni zo‘rlashga harakat qildi. Bola kuchli qarshilik ko‘rsatgan, shunda jinoyatchi bolani hushidan ketguncha kaltaklagan, deydi zo‘rlangan sakkizinchi sinf o‘quvchisining qarindoshlaridan biri.

O‘zbekiston bosh prokuraturasi matbuot xizmatida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, sakkizinchi sinf o‘quvchisi Namangan viloyatining Uychi tumanida zo‘rlangan, shuning uchun tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari jinoyatni tergov qilish bilan shug‘ullanmoqda.

Matbuot xizmati, shuningdek, jinoyatchi ruhiy xasta ekanligini ma’lum qildi.

P/s. Taassufki, oramizda ana shunday jirkanch kimsalar ham uchrab turadi. Bundaylardan va bunday tuban yo‘llarga kirib qolishdan Yaratganning O‘zi asrasin!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!