FIFA reytingi: Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston termasi o‘z o‘rnini biroz yaxshiladi

FIFA reytingi: Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston termasi o‘z o‘rnini biroz yaxshiladi

Bugun, 25 oktyabr kuni Xalqaro Futbol Federasiyasi – FIFA terma jamoalarning oktyabr-noyabr oylari uchun yangi reytingini e’lon qildi.
Reytingini Belgiya terma jamoasi boshqarib bormoqda. 1733 ochko bilan yetakchilik qilayotgan “qizil shaytonlar”, amaldagi jahon chempioni Fransiyadan bir ochko oldinda bormoqda. Fransuzlar hisobida 1732 ochko mavjud.Uchinchi o‘rinda borayotgan Braziliya terma jamoasida 1669 ochko bo‘lsa, jahon chempionati finalchisi Xorvatiyada 1635 ochko 4-pog‘onadan o‘rin olgan.
Shuningdek, kuchli o‘ntalikdan Angliya (1619), Urugvay (1617), Portugaliya (1616), Shveysariya (1598), Ispaniya (1594) hamda Daniya (1584) terma jamoalari joy olgan.
Osiyo qit’asi vakillari orasida eng yuqori o‘rinda Eron termasi qayd etilgan bo‘lib, 1478 ochko bilan 30 o‘rinda bormoqda. Undan keyingi Osiyo vakili Avstraliya 1432 ochko bilan bir pog‘ona yuqorilab 42, uchinchi o‘rindagi Yaponiya termasi esa 1409 ochko bilan birdaniga 4 o‘ringa yuqorilab 50 o‘rinda qayd etilgan.
Ektor Kuper boshchiligida KXDR va Qatar ustidan g‘alaba qozongan O‘zbekiston reytingda 1254 ochko bilan 96-pog‘onadan 94-o‘ringa ko‘tarilib olgan.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!