Farg‘onada o‘z tanishining "ko‘ziga cho‘p suqqan" jinoyatchi ushlandi

Farg‘onada o‘z tanishining "ko‘ziga cho‘p suqqan" jinoyatchi ushlandi

2019 yil 28 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida yashovchi H.R. IIBga murojaat qilib, 2018 yil 3 iyun kuni Istiqlol ko‘chasida yashovchi SH.J. ismli tanishi uning uyi xonasidan 2 100 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida SH.J. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!