Farg‘onada sud: ota Rossiyada, ona esa qizini "yigit"i bilan uchrashtirib yurgan

Farg‘onada sud: ota Rossiyada, ona esa qizini "yigit"i bilan uchrashtirib yurgan

Quva tumanida yashovchi Huquqbuzar O.Sh  2020 yil 13 yanvar kuni soat 1900larda, yashash xonadonida turmush o‘rtog‘i jabrlanuvchi SH.Sh bilan o‘zaro oilaviy kelishmovchilik sabab janjallashib, janjal da’vomida huquqbuzar O.Sh turmush o‘rtog‘i jabrlanuvchi SH.SH.ni sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan so‘kib xaqorat qiladi, ushbu haqoratlarga chiday olmagan ayol ukasi  X.T.ga qo‘ng‘iroq qilib yashash xonadonlarida janjal bo‘layotganligini aytib chaqiradi. Huquqbuzar tog‘a X.T kuyovlari O.SH.ni yashash xonadoni oldiga kelib u bilan gaplashab olishini aytib, yashash xonadoni darvozasini tepib, baqir-chaqir to‘palon qilib, O.SH. va o‘sha yerda bo‘lgan fuqarolarni tinchligi va osoyishtaligini buzadi. Va holangki ish sudga oshadi.

Sudda so‘z huquqbuzar X.T.ga (ayolning ukasi) 2020 yil 13 yanvar kuni soat 1930larda yashash xonadonida bo‘lgan vaqtida singlisi unga qo‘ng‘iroq qilib, uylarida janjal bo‘layotganligini, uyiga tez kelishini aytganini, so‘ng ularni yashash xonadoniga borgani, kuyavi O.Sh bilan gaplashib olmoqchi bo‘lganida, u o‘ziga qarshilik qilgani sababli, jahl ustida o‘sha yerda baqir-chaqir qilib yuborgani, hozirda harakatlari noqonuniy ekanini tushunib yetganini, boshqa bunday harakatlar sodir etmasligini, o‘zaro O.Sharobidinov bilan yarashib olishganligini, bildiradi.

Huquqbuzar O.Sh (ayolning turmush o‘rtog‘i) sud muhokamasida, SH.Sh turmush o‘rtog‘i bo‘lishini, 2020 yil 13 yanvar kuni soat 1900larda yashash xonadonida voyaga yetmagan qizi “Sarvinoz”ga uning tug‘ilgan kuniga kelgan bir qancha sovg‘alarni ko‘rib hayron bo‘lib qiziga ushbu sovg‘alarni kim berganligini so‘raganligini, qizi esa dugonasi Muxtasar sovg‘a qilganligini, to‘g‘risini aytishini talab qilganida yig‘lab yuborganini, shunda u "Dugonang Muxtasarning dadasi qamoqda bo‘lsa, onasi 800 000 so‘m oylik olib, 3 ta bolani bazo‘r boqayotgan bo‘lsa, senga qanday 300 000 so‘m atrofidagi sovg‘ani berishi mumkin”, deb tanbeh berayotganida turmush o‘rtog‘i SH.Sh kelib nima sababdan qizini so‘kayotganligini aytib, janjal ko‘targanligini, unga aralashmaslikni aytganida u to‘htamaganligini, shunda jahl ustida uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan so‘kib xaqorat qilib yuborganligini aytadi, shundan so‘ng ayoli ukasi X.T.ni chaqirtirib kelib, u bilan janjallashib bir birlarini so‘kkanligi haqida ko‘rsatma beradi.

Sudda, jabrlanuvchi  SH.SH: "Erim 15 yoshli qizimni tergab turganligini ko‘rib qoldim, shunda nimagan bunaqa so‘kib, tergayapsiz desam, qizimga dugonasi qilgan sovg‘ani ko‘rib qolgan ekan. Shunda so‘ng erim meni oilamiz sha’ni haqida uyatli so‘zlar gapirdi", dedi.

Sud guvoh tarqasida sovg‘a bergan qiz va uning onasini sud majlisiga chaqiradi. Muxtasar:

– Ha, haqiqatan ham dugonamga jami 300 000 so‘mga sovg‘a olganman, chunki, u menga ham noyabr oyida tug‘ilgan kunimga suviner sovg‘a qilgan edi.

– Xo‘sh, suvinerni necha pulga olgan ekan,

– 40.000 so‘mga.

– Nega unda siz 300 000 so‘mlik sovg‘a qildingiz?

– Bilmadim.....

– Yana bir savol: oilada 3 nafar farzand ekansizlar, onangiz bir o‘zi ishlar ekan, dadangiz jazoni ijro etish koloniyasida ekan. Shu pullarni onangizga bersangiz bo‘lmasmidi?

Javob esa ....

Huquqbuzar O.SH:

– O‘rtoq sudya hammasini aytishga majburman, ayolim 15 yoshli qizimning bir o‘spirin bola bilan sevishishidan xabardor bo‘lgan, xabari bo‘lsa mayli, o‘zi Farg‘ona tumanidagi Satkak dam olish oromgohiga birga olib borib aylantirib kelibdi. Men u vaqtda Rossiya davlatiga ishlash uchun ketgan edim. Qizim hali voyaga yetmagan bo‘lsa, endi 15 yoshga to‘lgan bo‘lsa, eshitishimga qaraganda u yigit men Rossiya davlatiga ishlash uchun ketgan vaqtimda uyimizga 1 kg go‘sht olib kelibdi, shunda mahalla yigitlari ko‘rib qolib, u bolani rosa urishibdi, bundan tashqari, ayolimning o‘zi bu ikki yoshni uchrashtirar ekan. Bu haqida mahalla fuqarolar yig‘inida ham alohida yig‘ilish o‘tkazilgan. Bilmadim... Shu qizimdan boshqa farzandim yo‘q, boru yo‘g‘im shu qizim, ayolim esa o‘zini bilganidan qolmaydi.

Sud, yuqoridagi ko‘rsatmadan so‘ng huquqbuzarning ayolidan ushbu holat bo‘yicha izoh so‘radi.

– Ha, haqiqatdan ham qizimni shu bola yaxshi ko‘radi, uyimizga bir kilo go‘sht olib kelgan vaqtida mahalladagi yigitlar ko‘rib qolishgan, to‘g‘ri “Satkak” oromgohiga olib borganman, insonmiz-ku hammamiz, sevishga haqqi yo‘qmi qizimni...

Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarlarga tegishli chora ko‘rildi, biroq ayol o‘z farzandini hali voyaga yetmay turib yigitchalar bilan uchrashishiga yo‘l qo‘yishi aqlga siqmaydi.

  Sud, ushbu holat yuzasidan taraflarga tegishli tushuntirish ishlari olib borish uchun tuman hokimligining xotin-qizlar bilan ishlash mas’ullariga tegishli tavsiyalar berdi.

 

Quva tuman

ma’muriy sudining raisi: A.Jumayev


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!