Farg‘onada 3 ta qopda giyohvand vosita saqlagan fuqaro qo‘lga olindi

Farg‘onada 3 ta qopda giyohvand vosita saqlagan fuqaro qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida 14 kilogramdan ortiq giyohvand moddasini saqlagan fuqaro fosh etildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston tumanida 2019 yil 6 yanvar kuni viloyat IIB jinoyat qidiruv bo‘limi hamda Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi va tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida Qushqo‘noq mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.Tni yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Uning hovlisidagi tandirxona tagidan bir dona 3 litr sig‘imli shisha bankada hamda bir dona polimer paketga alohida qilib solingan nasha giyohvand moddalari borligi aniqlangan. Bundan tashqari A.Tni yashash xonadoni tomi ostidan 3 dona oq rangli polietilen qoplarga alohida solingan nasha giyohvand moddasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlanib, tekshirish uchun daliliy ashyo sifatida IIBga olingan.

A.Tni yashash xonadonidan topilgan bir dona shisha bankaga solingan nasha giyohvand moddasining sof vazni 109 gramm, bir dona polimer paketga solingan nasha giyoxvand moddasining sof vazni 247 gramm, 1 chi qopdagi nasha giyohvand moddasining sof vazni 7 kg 367 gramm, 2 chi qopdagi nasha giyohvand moddasining sof vazni 3 kg 373 gramm, 3 chi qopdagi nasha giyohvand moddasining sof vazni 3 kg 745 gramm jami 14 kg 841 grammni tashkil qildi.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!