Estoniyada haydovchisiz avtobuslar xizmati yo‘lga qo‘yildi

Estoniyada haydovchisiz avtobuslar xizmati yo‘lga qo‘yildi

Estoniyada tirbandliklarni kamaytirish maqsadida yo‘lovchilarga tekin xizmat ko‘rsatuvchi haydovchisiz avtobuslar xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar qildi.

Bekatda tushib kerakli manzilga yetib olish uchun yana deyarli bir kilometr piyoda yo‘l bosish hammaga ham yoqavermaydi. Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Tallinda haydovchisiz avtobus xizmati yo‘lga qo‘yildi. Hozircha ushbu avtobus tramvay bekati badiiy galeriya oralig‘ida xizmat ko‘rsatmoqda.

Mazkur loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarni shaxsiy avtomobillardan kamroq foydalanishga undashdan iboratdir. Shahar ma’muriyati ushbu loyihani yanada kengaytirish niyatida 2020 yilga qadar yana 6 ta ana shunday transport vositasini xarid qilishni rejalashtirdi. Bu kabi loyihalar Yevropaning qator shaharlaridan sinovdan o‘tkazilmoqda. Haydovchisiz avtobuslar hozirda Kongsberg, Gdansk, Vayl va Xelsinkida harakatlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!