G‘alaba kuni tadbirida ishtirok etish uchun har yil Moskvaga borish shart emas – Pashinyan

G‘alaba kuni tadbirida ishtirok etish uchun har yil Moskvaga borish shart emas – Pashinyan

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan 9 may – G‘alaba kuni tadbirida ishtirok etish uchun har yil Moskvaga borish shart emas, deya bayonot berdi.

– Men Moskvada 9 may tadbirlarida ishtirok etganman, har yili qatnashish shartmas, deb hisoblayman, – dedi u Yerevanda uyushtirilgan matbuot anjumanida. – Armaniston rahbarlari bu marosimda har yili ishtirok etishi amaliyotini ko‘rmaganman.

Uning ta’kidlashicha, Armaniston yetakchisi yoki boshqa bir mamlakat rahbari har yili paradda ishtirok etaversa, g‘alati tuyuladi.

Dushanba kuni RF Prezidentining xalqaro ishlar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Moskvadagi paradda ishtirok etmasligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!