Erkak o‘g‘li bilan birga sobiq xotinini to‘nab ketdi

Erkak o‘g‘li bilan birga sobiq xotinini to‘nab ketdi

Tojikistonning Rudakiy tumani fuqarosi o‘g‘irlikda gumon qilinmoqda. Tojikiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, gumonlanuvchi o‘g‘li bilan birga sobiq turmush o‘rtog‘ini to‘nagan.

39 yoshli ayol Rudakiy tumani milisiya punktiga murojaat qilgan. Uning aytishicha, joriy yilning 27 oktabrida 46 yashar sobiq eri va 19 yashar o‘g‘li yotoqxonasiga kirib, 27 ming dollar o‘g‘irlashgan.

Ushbu holatga doir tegishli tergov ishlari olib borilmoqda, deya xabar berdi huquq-tartibot idorasi matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!