Erdog‘an Putinga: "Tinchlik yo‘lini birgalikda ochaylik"

Erdog‘an Putinga: "Tinchlik yo‘lini birgalikda ochaylik"

Turkiya prezidenti Erdog‘an Rossiya davlat rahbari Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Ushbu muloqotda Rossiyaning Ukrainaga hujumi muhokama qilindi va Turkiya-Rossiya munosabatlari baholandi.

Prezident Erdog‘an suhbat davomida Ukraina muammosi eng qisqa vaqt ichida tinch yo‘l bilan hal qilinishiga hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Darhol amalga oshiriladigan umumiy otashkesim mintaqadagi gumanitar xavotirni bartaraf etishi bilan birga, siyosiy yechim izlanishiga ham imkon berishini ifoda etgan Prezident Erdog‘an, «Tinchlik yo‘lini birgalikda ochaylik» chaqiruvini takrorladi.

Prezident Erdo‘g‘an, o‘t ochishni to‘xtatish, gumanitar koridorlarni ochish va tinchlik bitimini imzolash uchun shoshilinch qadamlar tashlashning ahamiyatiga diqqat qaratdi.

Ukraina tomoni va boshqa davlatlar bilan doimiy aloqada ekanligini ifoda etgan Prezident Erdog‘an, keng qamrovli muzokaralar olib borish va natijaga erishish uchun sa’y-harakatlarini davom ettirishini aytdi.

Nizomjon Islomov tayyorladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!