Dunyodagi eng keksa geymer yaponiyalik ayol Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Dunyodagi eng keksa geymer yaponiyalik ayol Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

90 yoshli yaponiyalik ayol Xamako Mori dunyodagi eng keksa geymer sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi, deb yozadi Esquire.

Xamako Gamer Grandma taxallusi ostida YouTube kanalini yuritadi hamda u yerga turli o‘yinlarni o‘ynayotgani aks etgan videolarni joylaydi.

Ayolning yaxshi ko‘rgan o‘yinlari: Resident Evil 3, GTA 5, Call of Duty: Modern Warfare, Skyrim. Uning kanalini 186 ming kishi kuzatadi.

«GTA 5 o‘ynayotganingda to‘xtay olmaysan, xuddi film tomosha qilayotgandek», — deydi Mori. Unga ushbu o‘yinning syujeti va grafikasi juda yoqadi, ayol uni zo‘r o‘yin, deb hisoblaydi. «Men bir kunda 7-8 soatlab o‘ynayman. Avval bundan ham ko‘proq o‘ynardim.

O‘yin o‘ynab o‘rganganimdan xursandman. Men haqiqatan ham, hayotdan bahra olib yashamoqdaman», — deydi rekordchi ayol.

Ayol o‘z kolleksiyasida «Dendi»dagi Super Mario’dan tortib, zamonaviy o‘yinlargacha bo‘lgan turli davrlarning o‘yinlari borligini aytadi. Mori 38 yildan beri o‘yin o‘ynaydi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!