Dunyo bo‘ylab iqlimni asrashga qaratilgan uch mingdan ortiq namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Dunyo bo‘ylab iqlimni asrashga qaratilgan uch mingdan ortiq namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Sayyoramiz bo‘ylab iqlimni asrashga qaratilgan uch mingdan ortiq namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Germaniya poytaxti ham global aksiyaga qo‘shildi, deb xabar bermoqda "24 kz.ru".

Ta’kidlanishicha, namoyishlarni maktab o‘quvchilaridan tashqari iqlim o‘zgarishi mavzusiga befarq bo‘lmagan o‘qituvchilar, ota-onalar va oddiy berlinliklar qo‘llab-quvvatlashgan.

“Berlinda bir vaqtning o‘zida bir nechta iqlim namoyishlari e’lon qilindi. Eng kattalaridan biri esa Brandenburg darvozasida bo‘lib o‘tdi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, iqlimga qarshi norozilik namoyishida 5 ming berlinlik qatnashgan”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!